Xo’jayli tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlar markazi tomonidan 2023-yilning o’tgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlari haqida
Xo’jayli tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlar markazi tomonidan 2023-yilning o’tgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlari haqida
Tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazishda;
Markaz tomonidan 2023-yilning o’tgan olti oy davomida 158 ta yuridik shaxslar, 525 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar, jami 683 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
(Shundan: fuqarolar mustaqil ravichda fo.birdarcha.uz tizimi orqali 4 ta yuridik shaxslar, 8ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari yangidan davlat ro’yxatidan o’tdi)
Hisobot davomida jami 245 ta tadbirkorlik sub’ektlari, shundan: 71 ta yuridik shaxslar, 174ta yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta davlat ro’yxatdan o’tkazildi.
(Shundan: fo.birdarcha.uz tizimi orqali 3 ta yuridik shaxslar, 5 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari qayta davlat ro’yxatidan o’tkazildi)
Davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha;
2023-yilning o’tgan olti oy davomida markaz tomonidan fuqarolarga va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 34 685 ta (shundan: fuqarolar mustaqil ravichda my.gov.uz sayti orqali 5 061 ta) davlat xizmatlari ko’rsatilgan.
Tuman markazidan olista joylashgan hududga borgan holda sayyor tartibda 2023-yilning o’tgan olti oy 1566 ta davlat xizmatlari ko’rsatilib, shundan 81 ta yangidan tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
Tuman markazidan olis hududlarda yashovchi fuqarolarning vaqtlarini tejash va ularning uzog’ini yaqin qilish, shuning bilan birga imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulayliklar yaratish, fuqarolarımızga sohamizga tegishli bo’lgan normativ-huquqıy hujjatlarning mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida ularning yashab turgan joylariga borgan holda 2023-yilning o’tgan olti oyi davomida mahallalarda, ta’lim muassasalarida va mehnat jamoalarida 257 ta seminar uchrashuvlar hamda uyma-uy borib tushintirish ishlari olib borildi. Uchrashuvlar davomida 703 ta flaer va bukletlar tarqatildi.
Ko’rsatilayotgan davlat xizmatlaridagi sababsiz bekor qilingan (otkaz) javoblari, muddati buzilgan va asossiz bosh tortish holatlari bo’yicha 2023-yilning o’tgan olti oy davomida jami 107 ta maxsus xabarlar berildi.
Shu jumladan, 2023-yilning o’tgan olti oy davomida huquqiy targ’ibotni amalga oshirish bo’yicha tasdiqlangan ish-rejaga asos, markaz xodimlari tomonidan o’z vaqtida davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasiga aloqador tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar va fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, yangiliklar bo’yicha keng tushuntirishlar olib borish maqsadida ommaviy axborot vositalari, (televideniye, radio, shu jumladan ijtimoyiy tarmoqlarda yoritilib borildi.
Xususan markaz xodimlari tomonidan jami 53 ta ommaviy axborot vositalari orqali 6 ta televideniye, 37 ta veb sayt, 3 ta gazeta, 7 ta radiolardan chiqishlar bo’lib, maqolalar berildi.
Xo’jayli tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlar markazi bo’lim boshlig’i A.Auyezimbetov