Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi 693 son qaroriga asos keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradilar.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;

yoshga doir pensiya oluvchilar.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi (birlamchi murojaat etganlar bundan mustasno) quyidagilardan iborat bo‘ladi:

a) har yili — navbat asosida:

urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;

b) ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:

urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

v) uch yilda bir marotaba — navbat asosida yoshga doir pensiya oluvchilarga.

tibbiy ma’lumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sog‘lomlashtirish tavsiya etiladigan ma’lumotnoma).

Ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Quyidagi kasalliklar mavjud bo‘lganda shaxsga tibbiy ma’lumotnoma berilmaydi:

bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va xulqiy buzilishlar bilan kechadigan ruhiy kasalliklar, xususan tez-tez (har oyda 5-martadan ko‘p) tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklar;

jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;

yuqumli teri va soch kasalliklari;

o‘tkir yuqumli kasalliklar;

salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;

tanosil kasalliklari.

Tibbiy ma’lumotnomalarda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tegishli kasalliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yo‘llanma berish yuzasidan ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda ularning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ularning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

Vakolatli organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng, ularning elektron reyestrini yuritadi va fuqarolar tomonidan kuzatib borilishi uchun navbatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida yangilab borilishini ta’minlaydi.

Yo‘llanmalar sanatoriylarning mavjud o‘rinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida navbat asosida beriladi.

Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar birinchi navbatda beriladi.

Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.

Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatdan o‘tgandan so‘ng 5 kun ichida yo‘llanmalardan foydalanuvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan yo‘llanma bo‘yicha sanatoriylarga murojaat qilinmaganda berilgan yo‘llanma bekor qilinadi, bundan mazkur Reglamentning 29-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.

Yo‘llanma olish uchun navbatga qo‘yilgan shaxs yo‘llanmadan foydalanilmaganligi munosabati bilan elektron ro‘yxatdan chiqariladi hamda tizimda ro‘yxat avtomatik ravishda yangilanadi.

Sanatoriyda sog‘lomlashtirish uchun berilgan yo‘llanmada keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning toifasi, yo‘llanmaning muddati hamda uni rasmiylashtirgan vakolatli organning nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

Vakolatli organ navbati kelgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda yo‘llanmani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi yo‘llanma tushganidan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron manziliga yuboradi (mavjud bo‘lganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat qilgan taqdirda, ularning so‘roviga ko‘ra, ularga yo‘llanmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.

Xo’jayli tumani Adliya bo’limi

Davlat xizmatlari markazi

direktori J.Sabirov