ASKARLAR MAHALLA MEHMONI BO’LDI
⚜ASKARLAR MAHALLA MEHMONI BO’LDI⚜
Xoʿjayli tumanida «Askar mahalla mehmoni» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔰Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xoʿjayli tumani boʿlimi rahbari A.Djiyenbayev, tuman Mudofaa bo’limi rahbari mayor A.Umurzakov, nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda harbiy xizmatchilaridan bir guruhi mehmon bo‘ldi.
🔰Qurolli Kuchlar faxriylari, nuroniylar harbiy xizmatchilar sharafli va yuksak mas’uliyatli vazifani ado etayotgani, ular davlatimiz va xalqimizning doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi. Mehmon askarlarga tadbir tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔰Tadbir yakunida maktab oʿquvchilari ishtirokidagi konsert dasturi tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xoʿjayli tumani boʿlimi