Qoraqalpog'iston Respublikasi

Xo‘jayli tumani hokimligi

Elektron pochta

xojayli.t@exat.uz

Telefon

0 (361) 554-16-06
  • Главная
  • Yangiliklar
  • Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xoʻjayli tumani Kengashi tomonidan «Oʻzbekiston Ekologik partiyasi faoliyati: yil sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar » mavzusida navbatdagi Kengash yigʻilishi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xoʻjayli tumani Kengashi tomonidan «Oʻzbekiston Ekologik partiyasi faoliyati: yil sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar » mavzusida navbatdagi Kengash yigʻilishi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xoʻjayli tumani Kengashi tomonidan «Oʻzbekiston Ekologik partiyasi faoliyati: yil sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar » mavzusida navbatdagi Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda tuman partiya tashkiloti Kengashi aʼzolari, Xalq deputatlari Xoʻjayli tuman Kengashi deputatlari, Ayollar va yoshlar qanoti yetakchilari va partiya faollari ishtirok etishdi.

Kengash yigʻilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha tuman Kengash raisi G.Sarieva tomonidan “O‘zbekiston Ekologik Partiyasi faoliyati: 2022 yil davomida tumandagi amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va O‘zEP dasturiy vazifalarini 2023-yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirish va partiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha 1-yarim yillik davomida qilinadigan ishlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

Soʻng Xalq deputatlari Xoʻjayli tumani Kengashi deputati R.Urazımbetova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida hamda 2022 yil faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti tinglandi.

Ayollar va yoshlar qanoti bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis A.Abdraxmanova tumandagi Ayollar va yoshlar qanotlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumot berib, yil davomida faol «Ayollar qanoti» yetakchisi K.Qazaqbaevaga partiya tomonidan 4 yillik bayramida «Tashakkurnoma» bilan taqdirlanganligi haqida takidlab oʻtdi.

Faollar tomonidan koʻplab takliflar bildirildi. Muhokama va maʼruzalardan soʻng fikrlar umumiylashtirib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Skip to content