Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish.
Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish.
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini olish uchun jismoniy va yuridik shaxslar o‘ziga yaqin xohlagan Davlat xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali va rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini olish uchun faqat yuridik shaxslarning rahbarlari murojaat qilishlari mumkin. Yuridik shaxslarning boshqa vakillari elektron raqamli imzo kalitlarini va ularning sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishga haqli. Bevosita murojaat qilinganda Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat etuvchining nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan daktiloskopiya orqali tasdiqlanadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilingan hollarda murojaat qiluvchi so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomaga elektron murojaat qiluvchining pasporti yoki ID-karta nusxasi hamda pasportning yoki ID-kartasining asosiy sahifasi bilan birgalikda selfi usulida olingan fotosurat nusxasini ilova qiladi. Ilova qilinayotgan fotosurat nusxasida murojaat qiluvchi yuz qiyofasi tiniq ko‘ringan hamda pasportning asosiy sahifasi yoki ID-kartasining barcha rekvizitlari o‘qib bo‘ladigan sifatda bo‘lishi lozim. Murojaatchi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish uchun yig‘im to‘laydi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda yig‘im summasining 90 foizini to‘laydi. Jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berishda shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bepul beriladi. Elektron raqamli imzo kalitining paroli vakolatli organ tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga sms-xabar shaklida yuboriladi. Elektron raqamli imzo kaliti egasining Davlat xizmatlari markaziga bevosita qilgan murojaatiga asosan so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqami o‘zgartirilishi yoki elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuborilishi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitini olishda murojaatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjati pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida murojaat qilishlari mumkin.
Xo’jayli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i S.Bekmuratova