Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Xo’jayli tumani Qumjiqqin OFY hududida yashovchi fuqarolarga tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman FHDYO bo’limi, tuman Adliya bo’limi va tuman bosh vazir qabulxonalari mutaxassislari bilan birgalikda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko’rsatildi. Sayyor qabul davomida mas’ullar tomonidan davlat xizmatlari sohasiga oid huquqiy maslahatlar berildi, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qanday foydalanish haqida tushuntirishlar berildi va tarqatma materiallar bukletlar tarqatildi.