Xo‘jayli tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonning oxirgi besh yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqida “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida keltirilgan fikrlarning mazmun-mohiyati hamda intervyudan kelib chiqadigan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan «Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda» intervyusining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unga tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tuman hududidagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan intervyuda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan keng fikr almashinuvi o‘tkazildi. Muhokamalarda intervyuning O‘zbekiston uchun siyosiy-mafkuraviy ahamiyati, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy adolat norma va tamoyillariga asoslangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida yaqin kelajakda amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar, kundalik hayotimiz va xizmat faoliyatimizda mazkur vazifalarni ado etishga mas’uliyat bilan yondashish lozimligi haqida so‘z bordi.
Davlatimiz rahbari intervyuda yangi islohotlarni amalga oshirishning strategik vazifaga aylanganini, ushbu islohotlarning asl muddaosi YAngi O‘zbekistonni barpo etish bilan bog‘liqligini ifodalab bergani, uchrashuvda asosiy e’tibor yo‘naltirilgan jihat bo‘ldi.
Prezidentimizning «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida “Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini ta’minlaydigan eng muhim mezondir.
Agar biz bundan besh yil oldin qabul qilgan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatini muxtasar ifoda etadigan bo‘lsak, ushbu noyob hujjatda o‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo‘ygan edik.
Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir.
Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir”, dedi prezident”.
Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilar, taklif etilganlar ishtirokida kun tartibidagi mavzu bo‘yicha fikr almashuv bo‘lib o‘tdi

Xo‘jayli tumani hokimining
maslahatchisi I.Kochkarov