2021-yil 13-14-avgust kunlari tuman hududidagi idora va tashkilot, korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi yozuvlari, reklama va boshqa ko‘rsatkichlar, markaziy ko‘chalardagi panno va bannerlar, reklama yozuvlari o‘rganildi;
o‘rganish davomida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga amal qilish bo‘yicha tuman markazidagi oshxona, do‘kon, savdo rastalari va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shohobchalaridagi tashqi reklama va targ‘ibot vositalarining bugungi kundagi holati o‘rganilib, yaroqsiz holga kelib qolgan, ma’nan eskirgan, tegishli qonun va qaror talablariga javob bermaydigan 2 ta targ‘ibot vositalari olib tashlandi, yozuvlardagi imloviy va uslubiy xatolarning 1 tasi joyida bartaraf etildi, 5 tasiga esa ma’lum muddatlarda tuzatish yuzasidan topshiriqlar berildi;
“Mы открылись” so‘zining o‘rniga “Biz ish boshladik”, “Строй материалы” o‘rniga “Qurilish uchun”, “Qurilish buyumlari” deb yozish tavsiya qilindi, bu so‘zlar xaridorga aytmoqchi bo‘lgan ma’noni to‘liq anglatib bera olishi mumkinligi ma’lum qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevral kungi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qaroriga asosan peshlavhada faqat korxona to‘g‘risidagi quyidagi axborotlar: korxonaning qayd etilgan (yuridik) nomlanishi, uning joylashgan joyi va korxonaning ish tartibi ko‘rsatilishi mumkinligi belgilanganligi tushuntirildi.
Bundan tashqari davlat vakolatli organlarning ish hujjatlarini yuritishda davlat tili me’yorlariga e’tibor berish bo‘yicha ham doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Xo‘jayli tumani hokimi maslahatchisi I.Kochkarov