Til – milliat koʼzgusi. Shunday ekan tilimizning sofligini asrash, unga hurmat keltirish har birimizning burchimizdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi “Geografik obʼektlarning nomlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obʼektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Geografik obʼektlarning nomlari toʼgʼrisida” va “Reklama toʼgʼrisida”gi qonunlarining ijrosi, xususan, koʼcha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va eʼlonlarning davlat tilida ifodalanishining bugungi ahvoli oʼrganilib, tahlil qilindi.
Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʼyicha Xoʼjayli tumani komissiyasi tomonidan xatlov amalga oshirildi. Xatlov natijasiga muvofiq 18 ta mahalla fuqarolar yigʼinlaridagi jami
443 koʼchalarning 185 koʼchasi, “Jayhun” posyolka fuqarolar yigʼinidagi 23 koʼchaning 13 koʼchasi qayta nomlandi. Shuningdek, 7 ta ovul fuqarolar yigʼinlaridagi
62 aholi punktlarinig 5 aholi punktining nomlari qayta nomlandi hamda
412 koʼchaga yangidan nom berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16-oktyabrdagi «Geografik obʼektlarning nomlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obʼektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida»gi 295-sonli Qarorning 4-bandi ijrosi yuzasidan oʼtkazilgan inventarizatsiya natijalarida tumandagi “Nurli yoʼl”, “Suenli”, “Paroʼaz”, “Shagʼalakөl”, “Jayhun”, “Әmioʼdәrьya” mahallalaridagi jami 19 ta koʼchalarning nomi rus tilida (Chkalov, Sovremenniy, Solnechnaya, Proezjaya, Yanka Kupala, Shkolnaya, Tekstilьnaya, Park, Naximov, Pushkin, Pugachev, Sadovaya) ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari “Bayterek”, “Jүzimzar”, “Tыnыshlыq”, “Kun nurы”, “Аbat”, “Murtazabiy”, “Shagʼalakөl”, “Bunyodkor”, “Naoʼrыz” mahallalaridagi koʼchalarning nomlari Oʼzbekiston xalqining milliy anʼanalari hamda mentalitetiga yot boʼlgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha alohida koʼrib chiqildi va qayta nomlash boʼyicha OFY va MFYlarning takliflariga asosan (Yu.Qurbanov, K.Kamalov, T.Eshmuratov, I.Esirkepov, А.Durdiev, А.Isakov, Ivanjap koʼchalari) yangi atamalarga almashtirish yuzasidan Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʼyicha Xoʼjayli tumani komissiyasining oʼrganishlari va xulosasiga koʼra Xalq deputatlari Xoʼjayli tumani Kengashining sessiyasida koʼrib chiqilib tegishli qarori qabul qilindi va geografik obʼektlarning nomlarini davlat reestriga kiritish ishlari olib borildi.

Xoʼjayli tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash
masalalari boʼyicha maslahatchisi I.Kochkarov