O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish muddati 2022- yildan 2023- yilga ko‘chirildi

 

 

Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2022- yilda o‘tkazilishi belgilangan edi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun  2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 
11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2023 yilda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  «O‘zbekistonda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1–25 noyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida dastlab  aholi sinov tariqasida ro‘yxatga olinadi.

Mamlakat darajasida aholini ro‘yxatga olish esa 2023 yil 1–25 noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

— 1–5 noyabrda aholi internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olinadi;

— 6–10 noyabrda internet orqali ro‘yxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantiriladi;

— 11–22 noyabrda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholi ro‘yxatga olinadi;

— 23–25 noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.

Qaror bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.

 

2023-yilda O‘zbekiston aholisi ro‘yxatga olinadi

Hukumat qarori bilan (710-son, 11.11.2020-y.) O‘zbekistonda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2021-yil 1–25-noyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatga olinadi.

Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023-yil 1–25-noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

1–5-noyabrda aholi internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olinadi;

6–10-noyabrda internet orqali ro‘yxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantiriladi;

11–22-noyabrda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholi ro‘yxatga olinadi;

23–25-noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.

Qaror bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.